Greklar Gretsiyaning yevrohududdan çiqişi vaziyatida pullarining qadrsizlanişidan xavfsirab oxirgi kunlarda faol tarzda iPhone, iPad, kompyuter, televizorlar va istalgan qimmatbaho texnikani sotib olişmoqda.
Mahalliy sotuvçilarning aytişiça, avvallari köpçilik greklar 500 yevroga noutbuk sotib oliş kerakmi-yöqmi deb ikkilanişardi, hozirda esa köpçilik undan 2-3 barobar qimmatroq modeldagi noutbuklarni bir neça kundan keyin öz pullarini yöqotib qöyişdan qörqib heç qanday muhokamasiz sotib olişmoqda.
“Bu vaziyatda greklar köproq Apple kompaniyasining mahsulotlarini afzal körişmoqda, çunki iPhone telefonlari, iPad planşetlari va Mac kompyuterlari elektron gadjyetlar bozoridagi premium-sinf segmentida yuqori uluşga ega”, deb aytilmoqda manbalarda.
“Agar bankomatlardan kuniga bir kişi boşiga 60 yevro oliş mumkin bölayotgan bölsa, kredit yoki debet kartalar yordamida tölovni amalga oşiriş faqatgina kartaning limiti bilan çeklangan. Köpçilik kredit kartalar 3000-8000 yevro limitga ega, şuning uçun agar karta egasining hisobida şunça pul bölsa, u qimmatbaho xaridlar qila olişi mumkin böladi”, deb aytmoqda mahalliy dökonlardan birining sotuvçisi.
Sotuvçining aytişiça, elektronika narxi oxirgi haftalarda özgarmagan, biroq yil boşiga nisbatan yevroning dollarga nisbatan kursining tuşişi sababli narxi kötarilgan. Gadjyetlar esa asosan AQŞ dollarida hisob-kitob qiluvçi davlatlardan sotib olinadi. Misol uçun, barça video formatlarni öqiy oluvçi WD Media Player TV WiFi mediapleyeri bir neça oy avval 94 yevro turgan bölsa, hozirda uning narxi 119,90 yevroni taşkil qilmoqda.






