Muqaddas dinimiz Islomda jamiyatning har bir a'zosiga alohida e'tibor bilan munosabatda bölinadi. Zero, xoh kiçik, xoh katta bölsin, har bir inson hurmat-ehtiromga loyiqdir. Jumladan mehr-muruvvatga muhtoj yetim bolalar ham.
Afsuski, oramizda ota-onasi vafot etib ketgan haqiqiy yetimlar bilan bir qatorda tirik yetimlar ham yetarliça topiladi. Ularning ota-onasi ma'lum sabablarga köra öz farzandlarini taşlab ketganlar. Biroq unutmaslik kerakki, ular oxiratda buning javobini beradilar, farzandlaridan nima sabab tonganlari, nima uçun ularga mehr-muruvvat körsatmaganlari haqida söroqqa tutiladilar.

Dinimiz Islomda yetim-yesirlarga alohida ğamxörlik qiliş, ularning boşini silaş, yetimning haqqini yemaslik lozimligi bot-bot ta'kidlanadi. Jumladan, Alloh taolo An'om surasining 152-oyatida şunday degan: “Yetimning moliga to u voyaga yetguniça eng çiroyli yöllar bilangina yaqinlaşing!” Uşbu oyatda yetimga valiy bölgan kişilarga qarata: yetimning molini zoye qilmanglar, uni yaxşilik yöli bilan tasarruf qilinglar, uning molini köpaytirib, yetimning tarbiyasi, ta'limi va taom-libosi uçun sarflanglar! –deb ta'kidlanmoqda.
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oşirilayotgan işlar tahsinga loyiq. Ayniqsa, qator taşkilotlarning xamkorlikda taşkil etilayotgan xayriya tadbirlarining ötkazilişi yuksak ahamiyatga ega.
Şu yilning 10 iyul sanasida, Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Toşkent viloyati Böstonliq tumani Qizilsuv qişloğida joylaşgan "Mehribonlik" soğlomlaştiriş oromgohida "Xalq ta'limi vazirligi", "UZINFOCOM" markazi "ZiyoNET" bölimi, "Muxlis.uz" va Hozirchashu.com sayti hamda "Sog`inch Sadosi" onlayn radiosi hamkorligida "Bolalarga bering dunyoni bir kun" şiori ostida xayriya tadbiri taşkil etildi.






“Şayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati






