Aziz foydalanuvçilar! Kuni-keça Kun.uz saytida yangiliklarni öquvçilarga tezkor va qulay ravişda yetkazib beriş uçun Telegram messenjerida saytning öz guruhi oçilganini ma'lum qilgandik.
Bu xizmat endi yölga qöyilayotgani sababli ba'zi texnik nosozliklar vujudga kelmoqda. Biroq, siz aziz foydalanuvçilar, bundan heç ham xavotirlanmang. Buning bir neçta sabablari bölişi mumkin. Quyida şunday muammolarni bartaraf etiş böyiça maslahatlar va izohlar berib ötilgan:
1. Guruhga qöşiliş uçun messenjerdan @KunuzBot akkauntini topiş yoki https://telegram.me/KunUzBot manziliga ötib, unga /start sözini yuboriş kerak böladi.
Uşbu funksiya Telegram’ning eng sönggi versiyalarida töliq va bexato işlaydi. Şuning uçun messenjerning oxirgi versiyasini yuklab oling.
2. Ba'zida xabarlar foydalanuvçilarga 2-3 ta bölib ketib qolişi kuzatilmoqda, bu texnik nosozlik bölib, dasturçilarimiz bu muammoni bartaraf etiş ustida iş olib bormoqdalar va umid qilamizki, bu nosozlik tez fursatlarda öz yeçimini topadi.
3. Guruhga qöşiliş uçun https://telegram.me/KunUzBot manzili orqali /start sözi yuborilgandan keyin sizga yangiliklar kelişni boşlaydi. Ularning kelişini töxtatiş uçun xuddi şu manzil orqali /stop sözini yuborib, guruhni vaqtinçalik tark etiş mumkin. Hozirça bu xizmatda ham nosozliklar kuzatilmoqda.
Öylaymizki, siz foydalanuvçilar bu noqulayliklarni töğri qabul qilasiz, çunki biz bu xizmatni endi yölga qöymoqdamiz va albatta, har bir işning boşida bölganidek yöl-yölakay ba'zi muammolarga duç kelmoqdamiz. Işonamizki, bu muammolar bartaraf etilgandan keyin siz xizmatdan bekamu-köst foydalana olişingiz mumkin böladi.