KXDRda yangi Byol internet provayderining xizmatlari işga tuşirildi. Şimoliy Koreya mutasaddilarining fikriça, u mahalliy monopolist Koryolink bilan raqobatlaşa oladi. Bu haqda NorthKoreaTech blogi xabar qilmoqda. Koreyaning yopiq davlat ekanligi bois bu ma'lumotni rasmiy manbalardan tasdiqlaşning iloji bölmayapti.
Ma'lum bölişiça, yangi provayder xorijiy sayyohlarga limitsiz 1 Mbt/s tezlikdagi internet tarmoqlarini realizatsiya qilmoqda. Bunday tarmoqning oylik narxi 660 dollarni taşkil qiladi.
Mahalliy bozorda Koryolink foydalanuvçilarga faqat ikkita xizmat taklif qilar edi: mehmonlarga – xorijiy qönğiroqlar, mahalliy aholiga – mahalliy tarmoq. Bundan keyin Koryolink faqat turistlar bilan şuğullanadi, mahalliy aholiga esa Byol xizmat körsatadi. Jumladan, yaqin orada provayder şahar aholisi uçun Wi-Fi tarmoğini işga tuşirmoqçi.
Şimoliy Koreyada yangi internet provayderi röyxatdan ötdi
22:42 / 13.07.20154 1541 min






