Yozgi oromgohlarda 218 ming 497 nafar bola dam olmoqda
|17:50 / 13.07.201512 35014 min
10 iyul kuni Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tomonidan Milliy matbuot markazida "2015 yilgi bolalarni dam oldiriş va soğlomlaştiriş mavsumining borişi töğrisida" mavzusidagi matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi Matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot anjumanida dastlab, soğlomlaştiriş tizimidagi yangiça yondoşuvlar haqida gap bordi va bolalarni yozgi soğlomlaştiriş yönalişida olib borilayotgan doirasida 2015 yilgi mavsumga tayyorgarlik har doimgidan ertaroq boşlangani qayd etildi.
Bolalarning dam olişini taşkil etiş va soğlomlaştiriş çora-tadbirlarini işlab çiqiş, ularni amalga oşiriş yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta'minlaş böyiça doimiy faoliyat yurituvçi Respublika Muvofiqlaştiruvçi guruhi tomonidan oromgohlarda bolalar xavfsizligini ta'minlaş, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uzluksiz ravişda yetkaziş, malakali kadrlarni jalb etiş va oromgohlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça tizimli işlar amalga oşirilgan. Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tomonidan mavsumni namunali taşkil etiş hamda uyuşqoqlik bilan ötkaziş işlari muvofiqlaştirib kelinmoqda.
Barça turdagi oromgohlar maxsus işlab çiqilgan tavsiyalar, uslubiy-qöllanmalar, bolalar uçun möljallangan filmlar töplamidan iborat kompakt-disklar, madaniy-ma'rifiy va sport tadbirlari uçun ssenariylar töplamidan iborat kitoblar bilan ta'minlandi. Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi va hududiy kasaba uyuşma taşkilotlarida tezkor ştablar şakllantirildi.
2015 yilda 1 ming 149 ta oromgoh faoliyat körsatişi rejalaştirilgani holda, amalda ayni kunda 1 ming 167 ta oromgoh faoliyati yölga qöyildi. Natijada oromgohlar soni ötgan yilga nisbatan qariyb 100 taga köpaydi. Ulardan 208 tasi statsionar, 818 tasi kunduzgi, 141 tasi “Mehnat va dam oliş” oromgohlaridir. Soğlomlaştirilişi rejalaştirilgan bolalar soni esa ötgan yilga nisbatan qariyb 10 ming nafarga ortib, 287 ming 171 nafarni taşkil etdi.
Ötgan yillarga nisbatan ixtisoslaştirilgan oromgohlar soni ham bir neça barobarga ortib, joriy yilda 224 ta (reja 220 ta) ixtisoslaştirilgan oromgohlar faoliyat körsatmoqda. Ösmirlarni hordiq bilan qamrab oliş maqsadida taşkil etilgan “Mehnat va dam oldiriş” oromgohlari soni qariyb 10 taga köpaydi va hududlarda 141 ta şu turdagi oromgohlar faoliyat körsatdi.
Bugungi kunda yozgi soğlomlaştiriş mavsumi qizğin davom etmoqda. Ayni kunga qadar oromgohlarda 218 ming 497 nafar bola soğlomlaştirildi. Bu rejaga nisbatan 76,1 foizni taşkil etadi.
Hududlarda mavsumning 2 va 3 navbatlari davom etmoqda.
Oromgohlarda bolajonlarning har tomonlama xavfsizligini ta'minlaş masalasi eng asosiy masala sifatida doimiy diqqat markazida bölib, har bir oromgohda içki işlar, yonğin xavfsizligi, tibbiyot, energetika, kommunal soha xodimlarining tunu kun navbatçiligi örnatilgan. Şuningdek, oromgohlarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlaş maqsadida 1 ming 600 nafardan ortiq içki işlar idoralari xodimlari biriktirilib, ularga xizmatda foydalaniş uçun 670 ta avtotransport va 857 ta aloqa vositalari ajratib berilgan. Bolalar salomatligini muntazam nazorat qilib boriş maqsadida oromgohlarga 1,5 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimlari, tez tibbbiy yordam maşinalari biriktirilgan. Har bir oromgoh belgilangan miqdordagi dori-darmonlar, maxsus zardob dori vositalari bilan ta'minlangan.
Oromgohlarga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qat'iy nazorat ostiga olingan. Barça oromgohlar zarur aloqa va transport vositalari bilan ta'minlangan. Mavsum davomida kam ta'minlangan oilalar farzandlari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari va turli sohalarda mehnat qilayotgan ijtimoiy himoyatalab xodimlar farzandlarini imtiyozli soğlomlaştirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Özbekistonda olib borilayotgan kuçli ijtimoiy himoya siyosati natijasida joriy yilda soğlomlaştrilişi rejyelaştirilgan 287 ming nafardan ortiq bolaning barçasi imtiyozli soğlomlaştiriladi. Çunki, işlovçi ota-onalar özlari mehnat qilayotgan korxona va taşkilotlar kasaba uyuşma qömitasi orqali yöllanma narxining 27,5 – 30 foiz miqdoridagi qiymatini tölaydilar xolos.
Yuqorida tilga olingan toifadagi oilalar farzandlariga esa bepul va imtiyozli asoslarda yöllanmalar berilmoqda. Bunday imtiyozdan bu yil jamoa şartnomalari orqali mehnatkaşlarning 50 ming nafardan ortiq farzandlari foydalanmoqdalar. Ayni kungaça esa yuqoriroq ijtimoiy himoyatalab mehnatkaşlarning 42 ming nafardan ortiq farzandlari turli hududlardagi oromgohlarda bepul va imtiyozli dam oldirildi. 4 500 nafar Orolböyi mintaqasi, ya'ni, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati bolalarining bepul dam oldirilişi taşkil etildi. Mavsum boşidan buyon bugungi kunga qadar 2 ming 480 nafar Orolböyi bolalari Toşkent şahri, Jizzax, Samarqand, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlaridagi korxona va taşkilotlarga qaraşli eng sölim va bahavo oromgohlarda bepul dam oldirildi. Ularning kelib-ketişi bilan boğliq yöl harajatlari ham bepul taşkil etib berildi.
Şuningdek, 2 ming 180 nafar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari (reja 2 ming nafar), 50 nafar jismoniy imkoniyati çeklangan bolalar kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tomonidan bepul dam oldirilmoqda.
Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi hamda «Mahalla» xayriya jamoat fondi hamkorligida bugungaça mahallalardagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyatalab oilalarning 1356 nafar (reja 600 nafar) farzandi bepul dam oldiriş va soğlomlaştiriş bilan qamrab olindi. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlaridan 100 nafar bolaning Samarqand viloyatidagi “Zolotinka” oromgohida bepul hordiği taşkil etildi.
Kasaba uyuşmalari tizimidagi «Çinobod», «Oqtoş», «Böston», «Zomin» kabi sanatoriylarda “Ona va bola” yöllanmalari asosida 1600 nafardan ortiq (reja 2 ming nafar) bolajonlarning ota-onalari bilan birgalikda soğlomlaştirilişi ta'minlanmoqda.
Kasaba uyuşmalari tasarrufidagi “Quyoşli” oromgohida Respublika “Intellektual rivojlantiriş” oromgohi taşkil etilib, unda “Bilimlar bellaşuvi” hamda fan olimpiadalari ğoliblari bölgan 500 nafar bola ustozlari bilan birgalikda Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tomonidan bepul soğlomlaştirilmoqda.
Bu turdagi oromgohlarda bir yoki bir neçta fanlar, horijiy tillar çuqurlaştirilgan tarzda örganilişiga e'tibor berilmoqda.Turli fanlar yönalişlarida tabiat qöynida mahorat darslari taşkil etilib, olimlar, yozuvçi va şoirlar, adabiyot va san'at namoyondalari, fan arboblari bilan suhbat va uçraşuvlar ötkazilmoqda.
“Mehnat va dam oldiriş” oromgohlari
Ma'lumki, bolalar soğlomlaştiriş oromgohlariga 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolajonlar jalb etiladi. Ösmir yoşidagi öğil-qizlarning ham maroqli hordiğini ta'minlaş maqsadida Kasaba uyuşmalari, mahalliy hokimliklar, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazlari hamda korxona, taşkilot va muassasalar, fermer xöjaliklari hamkorligida 141 ta “Mehnat va dam oldiriş” oromgohlari taşkil etildi. Mazkur turdagi oromgohlarga akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 15-18 yoşdagi öquvçilari jalb etildi. Ularda bugungaça 5 ming 240 nafar litsey va kollej öquvçilari mazmunli xordiq çiqariş bilan birga ijtimoiy foydali mehnat könikmalarini özlaştirdilar hamda tanlagan kasb-hunarlari böyiça amaliyot ötdilar.
Harbiy-sport oromgohlari
Özbekistonning har bir hududida avgust oyidan boşlab Kasaba uyuşmalari, Içki işlar vazirligi, “Kamolot” YoIH hamkorligida voyaga yetmaganlar komissiyasi hisobida turuvçi bolalar uçun Harbiy-sport oromgohlari taşkil etiladi. Ularda 1684 nafar bola soğlomlaştirilişi rejalaştirilgan. Hordiq davomida ular uçun pedagog-psixologlar iştirokida turli seminar-treninglar, sport musobaqalari, jismoniy çiniqiş maşqlarini öz içiga olgan maşğulotlar taşkil etiladi.
Texnik ijodkorlik yönalişidagi oromgohlar
Respublika miqyosida taşkil etilgan 19 ta (reja 14 ta) Texnik ijodkorlik oromgohlarida 900 nafarga yaqin bolaning texnik ijodkorlik qobiliyati rivojlantirilib, texnik modellarni konstruksiyalaş böyiça dastlabki könikmalar berilmoqda. Uşbu oromgohlarda hordiq davomida bolalar çizmaçilik asoslari bilan taniştirilib, tayyor çizma va şablonlar yordamida sodda modellar yasaydilar. “Kemasozlik”, “Aviamodelizm”, “Avtomodelizm” kabi tögaraklarda ulargşa malakali mutaxassislar maşğulotlar ötmoqda.
Badiiy ijodkorlik yönalişidagi oromgohlar
Joriy yilda 19 ta (reja 14 ta) Badiiy ijodkorlik oromgohi taşkil etildi. Ularga 846 nafar bola jalb etilib, mazmunli hordiq çiqarmoqdalar. Uşbu oromgohlar faoliyati bolalarni ijodga qiziqtiriş, badiiy saviyasini oşirişga yönaltirilgan.
Ijtimoiy moslaşuv oromgohlari
Bugungaça respublika miqyosida 13 ta Ijtimoiy moslaşuv oromgohi (reja 8 ta) faoliyati yölga qöyilib, ularda 1200 ta bola soğlomlaştirilmoqda. Bu turdagi oromgohlarga Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari, maktab-internatlar öquvçilari, jismoniy imkoniyati çeklangan bolalar jalb etilmoqda. Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlar dala hovlilarida taşkil etilgan mazkur oromgohlar bolalarning salomatligini mustahkamlaş bilan birga ularda yetakçilik va faollikni, ijtimoiy moslaşuv könikmalarini şakllantiriş, qöşimça ta'lim-tarbiya berişga yönaltirilgan.
Kunduzgi oromgohlar
Bolalarni soğlomlaştiriş bilan qamrab oliş qölamini yanada kengaytiriş maqsadida tegişli şart-şaroitlar mavjud bölgan maktablar, akademik litseylar va kollejlar qoşida kunduzgi oromgohlar taşkil etildi. Ularda bolalar kun davomida dam oliş bilan birga madaniy-ma'rifiy tadbirlar bilan qamrab olinmoqda. Madaniyat va istirohat hamda hayvonot boğlariga sayohatlar uyuştirilmoqda. Joriy yilda kunduzgi oromgohlar faoliyatini takomillaştiriş, mazmunan boyitişga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, kunduzgi oromgohlarning kunlik faoliyati tajriba sifatida soat 8.00 dan 14.00 gaça yozgi maydonça sifatida taşkil etildi. Bu turdagi oromgohlarda maxsus dasturlar asosida bolalar uçun köngiloçar tadbirlar, sport musobaqalari ötkazilib, tögaraklar faoliyat körsatmoqda. Bolalar bir mahal issiq ovqat bilan ta'minlanmoqda.
Tarbiyaviy işlar sifatini oşiriş
Oromgohlarda hordiq mazmuni boyitilib, ta'lim-tarbiya işlari sifati oşirilişiga erişildi. Xususan, oromgohlar faoliyatini örganiş va ularga amaliy yordam körsatiş böyiça olib borilgan tahlillar natijasida yozgi soğlomlaştiriş oromgohlari uçun bolalarga mos qöşiq, şe'r va musiqalarga ehtiyoj mavjudligi aniqlangan edi. Bundan kelib çiqib, joriy yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tomonidan bir qator manfaatdor vazirlik va idoralar iştirokida Respublika ijodiy tanlovi taşkil etildi.
Mazkur tanlovga taqdim etilgan 600 dan ortiq ijodiy işlar orasidan tanlab olingan 30 dan ziyod qöşiq, 100 dan ortiq şe'rlar bugun oromgohlardagi tarbiyaviy işlar sifati va samaradorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, oromgohlarda milliylik hamda vatanparvarlik ruhiga yöğrilgan kuy va qöşiqlar, filmlardan foydalaniş maqsadida ular asosida barça oromgohlar uçun bolalarbop şe'r, kuy va qöşiqlardan iborat disklar, “Yozgi soğlomlaştiriş oromgohlari uçun tadbirlar ssenariylari” töplamlari işlab çiqilib, dam oliş maskanlariga yetkazildi.
Maxsus tayyorlangan uslubiy qöllanmalar, tavsiyalar bugungi kunda barça oromgohlar faoliyatini takomillaştirişda muhim omil bölmoqda. Bolalar uçun maxsus yaratilgan 37 nomdagi badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar namoyiş etib borilmoqda.
Oromgohlarda 23 ming nafardan ortiq malakali pedagog kadrlar, sport yöriqçilari, tögarak rahbarlari, madaniyat xodimlari bolalar iqtidorini rivojlantiriş, ma'naviyatini yuksaltiriş, ular ongiga vatanparvarlik tuyğularini singdiriş yönalişidagi işlarni olib bormoqda.
Har bir oromgohda 10 dan ortiq tögaraklar bilan birga çet tillarini örgatiş böyiça maxsus tögaraklar faoliyati taşkil etildi.
Oromgohlar moddiy-texnik negizini mustahkamlaş
Uşbu hujjatga muvofiq har yili Respublika miqyosida50 gayaqin oromgohlarning moddiy-texnik negizi mustahkamlanmoqda. Yurtimizda mavjud oromgohlarning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, ularni zamonaviy dam oliş maskanlariga aylantirişga qaratilayotgan yuksak e'tibor natijasida oromgohlar yildan-yilga yangilanib bormoqda.
Masalan, 2012 yildan buyon qabul qilinayotgan Manzilli dasturlar asosida 9 ta oromgoh yangidan qurildi, 27 ta oromgohda rekonstruksiya işlari olib borildi va 45 ta oromgoh kapital ta'mirlandi. Xususan, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi tomonidan Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida «Nihol», Navoiy viloyatida «Işonç», Namangan viloyatida «Kamalak», «Norin», Samarqandda «Çorçinor», Xorazmda «Şodlik», Qaşqadaryoda Mirzo Uluğbek nomli, Surxondaryo viloyatida “Xonjiza” kabi yangi oromgohlar, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan Jizzaxda «Istiqlol», Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan Böstonliq tumanida «Oqtoş», «Özpaxtasanoat» uyuşmasi tomonidan Jizzaxda Amir Temur nomli oromgohlar barpo etildi.
Mazkur bunyodkorlik işlari natijasida, oromgohlardagi örinlar qariyb 5 mingtaga köpaydi.
2015 yilgi Manzilli dasturga muvofiq 49 ta oromgohda quriliş-ta'mirlaş işlari olib borilişi rejalaştirilgan bölib, şu jumladan 2 ta yangi oromgoh qurildi, 9 tasi oromgoh rekonstruksiya qilindi va 24 ta oromgoh kapital ta'mirlandi.
Soğlomlaştiriş işlarini doimiy muvofiqlaştiruvçi Ştab
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşida hamda hududiy kasaba uyuşma taşkilotlari birlaşmalarida mavsumning borişini doimiy muvofiqlaştirib boruvçi maxsus Ştab faoliyati yölga qöyilgan.
Federatsiya Kengaşi hamda tegişli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan taşkil topgan Işçi guruhlari tomonidan har bir hududdagi oromgohlar faoliyatini örganiş va joyida amaliy yordam körsatiş işlari amalga oşirilmoqda.
Işçi guruhlarining tahliliga asosan har bir smena yakuni böyiça hududiy Muvofiqlaştiruvçi guruhlarning kengaytirilgan majlislari ötkazib borilayotgani joylardagi soğlomlaştiriş işlari sifati va samaradorligini oşirmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi