“Milan” hujumçisi Stefan Al-Şaaraviy öz faoliyatini “Monako”da davom ettiradigan böldi.

Monegasklar Italiya terma jamoasining 22 yoşli hujumçisini sotib oliş huquqi bilan bir yilga ijaraga olinganini tasdiqlaşdi.

“Milan”, öz navbatida, “Monako” öyinçini keyingi yozda sotib oliş huquqiga ega bölmay, balki sotib oliş majburiyatini olganini aniqlaştirib ötdi.

Al-Şaaraviy yangi klubida 22 raqami ostida töp suradi.

Avvalroq “Monako” Al-Şaaraviyning bir yillik ijarasiga 3 mln yevro tölaşi, mavsum yakunlangaç, futbolçining neçta öyin ötkazganidan qat'iy nazar 13 mln yevroga sotib olişi kerakligi ma'lum qilingan edi.

Al-Şaaraviy “Milan”da tört mavsum davomida töp surgan.