Rossiya terma jamoasi va Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasining sobiq hujumçisi Andrey Arşavin Krasnodarning “Kuban” jamoasi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda “Kuban” boş direktori Valeriy Statsenko ma'lum qildi.
“Kuban” matbuot kotibi jamoaning yangi futbolçisi a'lo darajadagi jismoniy tayyorgarlikda ekanini aytdi.
34 yoşli futbolçi bilan şartnoma bir yilga tuzildi.
Ma'lumot uçun, Andrey Arşavin 2000-2008 yillar, 2012-2015 yillar davomida “Zenit” safida töp surib, 283 ta öyin ötkazgan hamda 57 ta gol muallifiga aylangan. Uç karra Rossiya çempioni (2007, 2012, 2015), Rossiya superkubogi (2008), Rossiya Premer-ligasi Kubogi (2003), UYeFA Kubogi (2008), UYeFA Superkubogi (2008), Rossiya terma jamoasi safida 2008 yilgi Yevropa çempionati bronza medali sohibi hisoblanadi.
Arşavin 2009-2013 yillar mobaynida Londonning “Arsenal” klubi tarkibida töp surgan hamda 103 ta öyinda raqiblar darvozasiga 23 ta töp kiritgan.






