Namanganda “Qarovsiz bola” operativ tadbiri ötkazildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” naşri xabar bermoqda.
Tadbirdan közlangan maqsad ota-onalar nazoratisiz kompyuter klublari va boşqa turdoş muassasalarda vaqt ötkazayotgan, tilançilik va aravakaşlik bilan şuğullanayotgan bolalarni aniqlaş böldi.
Huquqbuzarlik profilaktikasi katta inspektori podpolkovnik Rustamjon Maqsudovning xabar qilişiça, tadbir davomida 27 nazoratsiz yurgan, 2 nafar kompyuter klublarida vaqt ötkazadigan bolalar aniqlangan. Şuningdek, ota-onasining nazoratisiz tilançilik bilan şuğullanayotgan 7 nafar, aravakaşlik qilayotgan 11 nafar nazorat ostiga olingan.
Ixtiloflarga moyil ösmirlar bilan işlaşga alohida e'tibor berildi. Farzandining tarbiyasiga befarq 12 ota-ona bilan suhbatlar ötkazilgan. Masjidlarga taşrif buyuruvçi ikki ösmir aniqlangan.
Namanganda qarovsiz bolalar nazoratga olindi
21:32 / 16.07.20154 6691 min






