Samsung kompaniyasi özining eng yupqa smartfoni – Galaxy A8’ni rasman taqdim etdi. Smartfon surati kompaniyaning xitoyça saytiga joylaştirildi.

Qalinligi 5,9 mm bölgan Galaxy A8 5,7 dyuymli Super AMOLED displeyga ega. Unga 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 2 GB  tezkor hamda 16/32 GB doimiy xotira örnatilgan. Smartfon xotirasi microSD bilan kengaytirilişi mumkin. Şuningdek, A8 LTE aloqa standartini ham qöllab-quvvatlaydi. Akkumulyator quvvati 3050 mA/soatga teng.

Smartfonning asosiy kamerasi 16 Mp, old kamera esa 5 Mp.

Hozirda smartfon haqidagi ma'lumot kompaniyaning faqatgina xitoyça saytida joylaştirilgan va uning boşqa mamlakatlarda sotuvga çiqişi haqida heç qanday ma'lumot berilmagan.