Yaqin vaqt içida Commodore brendi ostida bozorga smartfonlar çiqariladi. Bu haqda Wired naşri yozmoqda.
Ilgari öziga xos öringa ega bölgan uşbu brend ikki italiyalik tadbirkor tomonidan qayta tiklanadi. Ular köpgina mamlakatlarda brenddan foydalaniş huquqini sotib olganliklarini e'tirof qilmoqda. Massimo Kanigiani va Karlo Skattolini yangi Commodore PET smartfonini yaratib, unga ikkita emulyator örnatdilar – VICE C64 i Uae4All2-SDL Amiga. Aytilişiça, uskunada kompyuter öyinlariga katta e'tibor beriladi.
Boşqa jihatlari bilan PET örta narxdagi smartfonlardan jiddiy farqlanmaydi – u 64 bitli 1.7. GHz, 8 yadroli Mediatek protsessori, 13 Mp li kamera 3000 mAh batareyaga ega. Smartfonning old qismida 5.5 dyuymli 1080p IPS displeyi, orqasida esa brend nomi tuşirilgan polikarbonatli paneli örnatilgan.