Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vertolyot bortidan turib Turkmanboşi şahrida qurilayotgan xalqaro dengiz porti qurilişi işlari bilan tanişib çiqdi.
“2020 yilga qadar Turkmanboşi xalqaro dengiz porti va Turkmaniston dengiz flotini rivojlantiriş boş rejasi”ga muvofiq, portning umumiy maydoni 138.5 gektarni taşkil qiladi. Uning bir qismi dengiz akvatoriyasida joylaşadi. Loyiha parom, yölovçi va yuk terminallarining qurilişini közda tutadi. Portning kema töxtaş çiziğining umumiy uzunligi 3 607 m ni taşkil qiladi.
Qirğoq infrastrukturasi avtomobil va temir yöllaridan iborat böladi.
Davlat axborot agentligining xabar qilişiça, akvatoriyani çuqurlaştiriş uçun 7.5 mln kubometr suv osti tuproğini çiqarib oliş talab qilinadi. Bu tuproqdan portdan 4 km masofada sun'iy orol yaratiş közlanmoqda. Tekşiruvlar dengiz akvatoriyasining tozaligini hamda orol qurilişi uçun sarflanadigan tuproqning atrof muhit uçun xavfsizligini tasdiqladi. Bu orol yuz minglab quşlar uçun makon böladi. Tuproqni olib ötiş uçun 5 310 m li quvur ötkazilmoqda, şuningdek, 3 800 m li töğon qurilmoqda.






