Ukraina Oliy Radasi mamlakatda markazlaştirişni tugatiş borasida konstitutsiyaga prezident Pyotr Poroşenko tomonidan taklif qilingan özgartişlarni qabul qildi. Yiğiliş parlament sayti orqali translyatsiya qilindi.
Yaqinda Poroşenko Donbassning maqomi töğrisidagi konstitutsion özgartişlarni Oliy Rada muhokamasiga kiritgani haqida axborot berilgan edi.
1 iyul kuni kiritilgan loyiha matnida Donbass tilga olinmagan edi, ammo tahrirdan ötgan variantda “2015 yil 12 fevralidagi Minsk kelişuvlarini ijro etiş böyiça kompleks çora-tadbirlar” inobatga olingani ta'kidlangan.
Qonun loyihasini 288 nafar deputat qöllab-quvvatladi.
Ovoz berişdan oldin Poroşenko çiqiş qildi. Şundan söng deputatlar davlat madhiyasini ijro etdilar.
Ukraina konstitutsion özgartişlarni qabul qildi
22:19 / 16.07.20153 4751 min






