Rossiyalik muxolifatçi siyosatçi va jamoat arbobi, Ukrainaning Odessa viloyati hokimining örinbosari Mariya Gaydar unga Ukraina fuqaroligini berişni söradi. Bu haqda Odessa gubernatori Mixeil Saakaşviliga tayangan holda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.

“U iqtisodçi, Moskvadagi xalq xöjaligi akademiyasida va Garvard universitetida öqigan. Men uning otasi Yegor Gaydarni şaxsan tanir va juda hurmat qilar edim. Mariya prezident nomiga fuqarolik oliş uçun murojaatnoma berdi”, – dedi Saakaşvili.
Siyosiy faoliyatdan taşqari, Mariya Gaydar “Exo Moskvi” radiosida jurnalist sifatida maşhur.