Özbekiston musulmonlar idorasining matbuot xizmatida Muhammad Şarif Juman muallifligida yozilgan maqolada ayni vaqtda özbekistonlik musulmonlar tomonidan Ramazon oyining qaçon tugaşi böyiça boşlangan muhokamalarga javoban izoh berib ötildi.
"Qaçon ramazon rözasining boşlanişi va tugaşining, haj tayin etilişining şartlari bor. Ramazon rözasining boşlanişini aniqlaş ramazondan bir oy oldin boşlanadi. Çunki oldin şa'bon oyining birinçi kuni aniqlanişi lozim. Şa'bonning yigirma töqqizinçi kuni şomdan oldin ramazon hilolini körişga çiqiş vojib böladi. Agar şu kuni hilolni hamma körsa, ertasi kuni ramazon rözasi tutiladi.
Ramazon hilolini hamma körişi juda kam böladigan holat. Havo bulutli yo çang bölganidan heç kim ramazon hilolini körmasa, muftiy şa'bonni öttiz kunga töldirilişini va keyingi kun ramazon rözasi boşlanişini e'lon qiladi. Ya'ni, bu holda ramazon rözasi boşlanişini faqat muftiy e'lon qiladi.
Kuraybdan rivoyat qilinadi: “Ummu Fazl bint Horis meni Şomga Muoviyaning oldiga jönatdi. Şomga kelib, uning işini bitirdim. Men hali Şomdaligimda Ramazon hiloli körinib qoldi. Biz uni juma keçasi kördik. Söng Madinaga keldim. Ibn Abbos mendan “Hilolni qaçon kördinglar?” deb söradi. Men: “Juma keçasi kördik”, dedim. U: “Sen hilolni juma keçasi kördingmi?” dedi. Men: “Odamlar körişdi va röza tutişdi. Muoviya ham tutdi”, dedim. U: “Biz esa şanba keçasi kördik. Endi öttiz bölgunça yoki hilolni körgunça tutamiz”, dedi. Men: “Sizga Muoviyaning körgani va röza tutgani yetarli emasmi?” dedim. U: “Yöq, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizga şunday buyurganlar”, dedi” (Imom Muslim va Termiziy rivoyati).
Havo bulutli yo çang bölganida bir kişi, şavvol hilolini kördim deb, ertangi kuni oğzini oçmasligi lozim. Agar oğzini oçsa, bir kun qazo tutib berişi vojib böladi. Agar bir qança kişilar falon yurtda bugun rözaning öttizinçi kuni, ertaga hayit, ular bizdan bir kun oldin oyni körib, röza tutişgan ekan, desalar, ertangi kuni oğiz oçilmaydi, taroveh namozi ham qoldirilmaydi. Çunki ular, özlari yo boşqalarning şavvol oyi hilolini körişgani haqida guvohlik berişmagan.
Ibodat masalalarida ehtiyot böliş kerak. Falon yurtda bugun hayit ekan, deb oğizni oçib yuboriş mumkin emas. Zero, ramazon rözasining boşlanişi ham, tugaşi ham muftiy e'lon qilişi bilan aniq böladi.
Şayx Yusuf Qarazoviy aytadi: “... Bir yurt yoki bir şahar fuqarolarining bir-biridan ajralib, bir guruhi bugun ramazon deb röza tutişi, boşqasi uni şa'bondan deb tutmasligi, oy oxirida esa, bir guruhi röza tutib, bir guruhi hayit qilişi qabul qilinmaydigan bir holat.






