Tolibon va IŞID guruhi jangarilari Afğonistonning şimoliy viloyatlarida faollaşa boşlagani tufayli Özbekiston janubiy çegaralarini mustahkamlamoqda. Özbekiston çegaraçilari Afğoniston bilan 140 km li çegaraning xavfsiz ekanligi, har qanday bosqinçilarga qarşi çora-tadbirlar körilganligini aytmoqda. Bu haqda MDH çegara qöşinlari komandirlari kengaşining 18 iyun kuni Duşanbedagi konferensiyasi çoğida Özbekiston vakili bayonot berdi.
Özbekiston çegara qöşinlarining yaxşi tayyorgarligi va sergakligi tufayli Afğoniston hududidan giyohvand moddalarning ötkazilişi ham nazorat ostiga olindi. Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Afğoniston köknorining faqat 1 foizi Özbekistonga olib ötilgan.
“90-yillar oxirida Tolibon va Özbekiston islom harakatining çegaraga yaqinlaşişi jiddiy xavotirlarga sabab bölgan edi, – deydi toşkentlik jurnalist Rustam Ahmadullin. – Jangarilarning çegarani buzib ötişi tahdidi mavjud edi”.
“Bugun esa Afğoniston çegaralarida jangarilarning töplanişi haqidagi xabarlar unçalik katta xavotirga sabab bölmayapti, – qöşimça qiladi jamiyatşunos Valeriy Xan. – Oxirgi yillarda Özbekiston armiyasi mintaqadagi eng katta kuçga aylandi”.
Bu fikrlar "Öt qudrati" global indeksi ma'lumotlariga asoslanadi – u Özbekiston qurolli kuçlarini 2014 yili Markaziy Osiyodagi eng kuçli armiya deb topgan edi.
Şu bilan birga, Özbekiston çegaralarida Tojikiston çegaralaridagiga nisbatan kamroq jangarilar töplangan, deb xabar berdi Özbekiston çegara xizmati ştabi boşliği general-mayor Nosirbek Usmonbekov Duşanbe konferensiyasi davomida.
Usmonbekov aprel oyida Tojikistonda bölib, Xöjandda çegara qöşinlari hamkorligi töğrisidagi şartnomani imzoladi. Kuçlar çegaradagi vaziyat böyiça axborot almaşib turişga kelişib olişdi. Bu tarixiy voqea ikki qöşni davlat çegara qismlari komandirlari örtasida ötkazilgan birinçi konferensiyani yuzaga keltirdi.
Şu bilan birga, uşbu davlatlar Afğoniston bilan ham aloqalarini rivojlantirib bormoqda.
“Özbekiston va Tojikiston bilan hamkorlikning kengayişi ötgan yilning sentabrida Afğonistonda yangi hukumatning şakllanişi bilanoq uning asosiy istiqbollari yönalişlaridan biriga aylandi, – dedi 23 iyun kuni Afğoniston tadbirkorlarining Minsk delegatsiyasiga rahbarlik qilgan prezidentning maxsus vakili Şokri Korgar. – Özbekiston biz uçun öta muhim ahamiyat kasb etadi. Özbekiston bizni MDH temir yöl tarmoği bilan birlaştiradigan yagona davlatdir. Bundan taşqari, Özbekiston Kobul va Mozori Şarif şaharlarini elektr quvvati bilan ta'minlaydi”.