Özbekistonning barça hududlarida bugun ertalab hayit namozlari ado etildi. Namozlar barça yirik masjidlarida ötkazildi. Şu jumladan, Toşkentning barça jome masjidlarida minglab odamlar uşbu amalni bajariş uçun töplandi.

“Poytaxtimizdagi Minor masjidi erta tongdan yurtdoşlarimiz bilan gavjum böldi. Prezidentimiz ğoyasi bilan milliy me'morlik an'analari asosida barpo etilgan uşbu muazzam masjidning içki va taşqi körinişida, bahavo ayvonlari, milliy öymakorlik uslubida işlangan ustunlari, bino qubbasida ziynatlangan naqşlarda xalqimizning pok qalbi, olijanob orzu-intilişlari, ezgu niyatlari mujassam”, – deb yozadi “Özbekiston” agentligi muxbiri.

Toşkentning boşqa yirik masjidlarida ham, jumladan, Hoja Ahror Vali, Hazrat Imom masjidlarida hayit namozlari ado etildi. Uşbu tadbirlardan fotoreportajlar internet naşrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda çop etildi.
Özbekistonda uşbu xayru saxovat, mehr-oqibat, şukronalik ayyomini bayramona kayfiyatda kutib oliş va ötkaziş uçun qizğin tayyorgarlik körildi. Bayram munosabati bilan mamlakatning barça hududlarida keng kölamli obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Şahar va qişloqlarda, ovul va mahallalarda köça va xiyobonlar obodonlaştirilib, muqaddas qadamjolar, qabristonlar tartibga keltirildi.

“Mahalla”, “Nuroniy” jamğarmalari, köplab jamoat taşkilotlari hamkorligida Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylariga homiylik yordamlari körsatildi. Yolğiz keksalar, boquvçisini yöqotgan, kam ta'minlangan oilalar, nogironlar, bemorlar holidan xabar olinib, ular moddiy va ma'naviy qöllab-quvvatlandi.