Aziz vatandoşlar, muborak Ramazon oyi tugab, yurtimizga Ramazon hayiti – Iyd al Fitr bayrami kirib keldi.
Ramazon hayiti islomdagi eng muqaddas bayramlardan biri hisoblanib, bağrikenglik, birodarçilik va rahm-şafqat ramzi hisoblanadi.
Har bir musulmon bu muborak kunni intiqlik bilan kutadi.
Bu yili Ramazon oyi yilning eng issiq oylari – iyun-iyulga töğri keldi. Bunday issiq kunlarda köpçilik yurtdoşlarimiz Alloh taoloning marhamatiga erişiş maqsadida 30 kun davomida, jazirama issiq kunlarga, kunning uzunligiga qaramasdan röza tutişdi.
Payğambarimiz Muhammad (s.a.v) Ramazon oyining fazilatlari haqida şunday deydilar:
“Rözadorni xursand qiladigan ikki quvonçi bor, biri iftori oldida, ikkinçisi Parvardigoriga yöliqqanida»
Butun dunyo musulmonlari Ramazon oyi davomida uluğ bayramni kutib, röza amalini ado etdilar, taravveh namozlarida qoyim böldilar, öz dunyoviy hirslarini bosişga, ma'nan ösişga, muhtojlarga yordam berişga intildilar.
Hurmatli vatandoşlar! Ramazon oyi har birimizga haq yöldan yurişga va ma'naviy barkamollikka erişişga imkon berdi. Köpçilik dindorlar bu oyda özlarining zararli odatlaridan foriğ böldilar, öz oilalariga köproq vaqt ajratişga harakat qildilar.
Şu fazilatlarni oddiy kunlarda ham saqlab qolişingizni tilab qolamiz.
Ramazon hayiti kelişi bilan qalbimizda ikki tuyğu keçadi. Birinçisi bu quvonç tuğusi bölsa, ikkinçisi şunday marhamatli oyning yakunlanganidan afsuslaniş hissidir. Payğambarimiz Muhammad (s.a.v) Ramazon oyining uluğvorligi haqida şunday sözlarni aytganlar:
“Agar ummatlarim Ramazon oyining ular uçun qançalik şarofatli va barakotli ekanini yaxşi bilganlarida edi, faqatgina şu bir oy emas, balki yilning qolgan hamma oylarida ham röza bölişini orzu qilgan bölar edilar”.
Şunday muqaddas kun kirib kelayotgani bilan barça yurdoşlarimizni, musulmon ahlini öz nomimizdan muborakbod etamiz.
Alloh barça tavbalarimizni qabul qilib, haq yölidan adaştirmasin. Qilayotgan ibodatlarimiz, xayrli amallarimizni öz dargohida qabul etsin. Bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni keçirsin.
Özbek xalqining har bir xonadonida fayzu-barokatlar arimasin, boşi töydan çiqmasin, nimaiki ezgu niyatlari bölsa ijobatini bersin. Barça soğ-salomat bölib, keyingi yilga ham bağri butunlikda uşbu muborak bayramni kutib oliş nasib etsin.






