Toşkent viloyatining Zangiota tumanida xorijiy valyutaning noqonuniy savdosi bilan şuğullangan şaxs qölga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Jumladan, fuqaro Alibek Umirovning valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş va ötkaziş faoliyati bilan şuğullanib kelayotgani ma'lum böldi. u tuman hududida joylaşgan Hunarmandlar bozori oldida öziga tegişli Spark rusumli avtomobilida fuqaro Munira Yaminovaga 8 ming dollarni 24.1 mln sömga sotayotgan paytda uşlandi. Uning yonidagi pullar aşyoviy dalil tariqasida olindi.
Uning işi atrofliça örganilib, jinoyat işlari böyiça tuman sudiga oşirildi.