Özbekistonning tennis böyiça terma jamoasi sakkizinçi marotaba Devis Kubogi Jahon guruhining pley-off bosqiçiga çiqdi.
Toşkentda bölib ötgan törtinçi öyinda Özbekistonning birinçi raketkasi Denis Istomin Janubiy Koreyaning birinçi raqamli sportçisi Xeon Çang bilan bahslaşdi.
Birinçi setda Istomin raqibini 6:1 hisobida yengdi, ikkinçi setda esa 1:0 hisobi qayd qilib turilgan paytda koreyalik raketka kuraşni töxtatdi.
Şu tariqa, umumiy hisob Özbekiston terma jamoasi foydasiga 3:1ni taşkil qildi.
Yakuniy beşinçi öyinda Özbekiston jamoasi sardori Pyotr Lebed Temur Ismoilovga xalqaro uçraşuvlarda tajriba oşiriş imkonini berdi. U Farrux Döstov örniga Seong Çan Xongga qarşi kortga çiqadi.