Samarqand şahrida soxta aviakassa faoliyati foş qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi yozmoqda.
Aytilişiça, Farrux Anorov ismli şaxs Dahbed köçasida bir xonani jihozlab, aviakassa taşkil qilgan. Lekin mijozlardan elektron aviaçiptalar sotiş bahonasida pul olib, aslida heç qanday çiptalar rasmiylaştirmagan. Jumladan, Obidjon Mamadaliyev va Burxon Sobirovlar Toşkent-Tyumen reysiga çipta buyurtma qilib, qallobga 352 dollardan pul berişgan. Söng Şarofiddin Usmonov, Nizomiddin Umrzoqov va Jumanqul Normatovlar Nyu-York reyslaridan biri uçun jami 9.5 mln söm tölagan.
Bir neça kundan söng Nilufar Ibragimova Samarqand-Moskva reysi uçun 440 dollar, Zubayda Suvonova Toşkent-Istanbul reysi uçun 1 100 dollar tölagan.
Ammo bu fuqarolarning barçasi aldanganini bilib, tegişli taşkilotga murojaat qilişgan.
Soxta aviakassa yopildi, uning egasi esa 3 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etildi.