1966 yildan boşlab har yili butun dunyo miqyosida Xalqaro şaxmat kuni nişonlanadi. Uşbu bayram Butunjahon şaxmat federatsiyasi (FIDe) qaroriga binoan ötkaziladi.
Xalqaro nodavlat sport taşkiloti bölgan Butunjahon şaxmat federatsiyasiga 1924 yilda asos solingan. Bugungi kunda 170 milliy federatsiya uning a'zosi hisoblanadi. FIDe homiyligi ostida har yili yoşlar, erkaklar, ayollar va keksalarga möljallangan 40dan ortiq musobaqa ötkazib kelinadi.
Şaxmat öyini Özbekiston uçun ham alohida ahamiyatga ega. Mamlakat hududida qadimdan şaxmat sevimli öyinlardan biri hisoblab kelingan. Surxondaryo va Samarqanddan qariyb ikki ming yillik tarixga ega şaxmat toşlari topilgan. Örta asrlarda ham köplab maşhur tarixiy şaxslar şaxmat öynab kelgan.
Bugungi kunga kelib esa özbekistonlik şaxmatçilar xalqaro miqyosdagi tadbirlarda iştirok etib kelmoqda. Erkaklar terma jamoasining xalqaro debyuti 1992 yili Manilada ötkazilgan şaxmat Olimpiadasiga töğri keldi. Öşanda ular kumuş medallarga sazovor bölgan edilar.
1996 yildan buyon mamlakatda şaxmat federatsiyasi faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda uning a'zolari soni 1 700ga yetdi. Ulardan 14 nafari xalqaro grossmeyster unvoniga ega bölişdi. Nafisa Möminova Özbekiston tarixidagi birinçi ayol grossmeysterga aylandi.
Özbekiston şaxmatining eng yorqin ğalabasi 2004 yilga töğri keladi – öşanda Rustam Qosimjonov FIDe versiyasi böyiça jahon çempionligini qölga kiritgan edi. 18 yoşda xalqaro grossmeysterga aylangan Qosimjonov bugungi kunda jahonning 50 nafar eng kuçli şaxmatçilari qatoriga kiradi.
20 iyul – Xalqaro şaxmat kuni
18:50 / 20.07.201510 2112 min






