Indoneziya şarqida Gamalama vulqoni otila boşlagani sababli 1,5 ming kişi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

“Bu raqamlar oşişi mumkin”, deb aytdi Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş milliy boşqarmasi vakili Sutopo Purvo Nugroxo.

Vulqon şu haftada uyğondi. 18 iyulda vulqon 1,5 ming metrlik kul ustunini taşqariga otib çiqardi. Avvalroq otila boşlagan Sinabung va Raung vulqonlari ham otilişda davom etmoqda, bu vulqonlar 19 iyul kuni mos ravişda 3 ming va 2 ming metrlik kul ustunini otib çiqargan.

Indoneziyada faol vulqonlar miqdori 130 tani taşkil qiladi. Ularning otilişi tez-tez aholini evakuatsiya qiliş va mamlakatda havo aloqasini vaqtinçalik töxtatiş zaruratini keltirib çiqaradi.