Rossiya internetni rivojlantiriş instituti 1 oktabrgaça prezident Vladimir Putinga internetning rus tarmoğini rivojlantiriş haqidagi taklif bilan çiqadi.
Takliflar içida mansabdorlarning kompyuterlarida Windows örniga oçiq kodli Linux operatsion dasturiga ötiş bor. Bu haqda RBK naşri xabar bermoqda.
Institut rahbari German Klimenkoning sözlariga qaraganda, taşabbus sekin-asta, 2017 yilga qadar joriy qilinişi kerak.
“Biz bir qança hokimlar bilan bu borada kelişuvga erişdik. Ularning kompyuterlaridagi Windows örniga oçiq kodli Linux operatsion dasturi örnatiladi”, – dedi Klimenko.
Institut ma'lumotlariga qaraganda, 2013 yili Windows mahsulotlarining aylanmasi 109 mlrd rublni taşkil qilgan. Davlat Dumasi strategik axborot tizimlarini rivojlantiriş qömitasida esa boşqa ma'lumotlar aytilgan edi – 34 mlrd rubl.






