20 iyul kuni Armaniston taşqi işlar vaziri Edvard Nalbandyan va YeHXT Minsk guruhi raislari Igor Popov (Rossiya), Jyeyms Uorlik (AQŞ) va Per Andriye (Fransiya) Toğli Qoraboğ muammosi böyiça muzokaralar ötkazdi. Bu haqda Armaniston TIV matbuot xizmati axborot berdi.

Nalbandyanning bayonotiga köra, Ozarbayjonda Yevropa öyinlari ötkazilganidan söng “Bokudan yana militaristik bayonotlar berila va provokatsiyalar uyuştirila boşlandi”.

Şuningdek, u Boku Armaniston va Ozarbayjon kuçlari töqnaşgan jabhada tinçlik rejimini buzayotganligini iddao qildi. Diplomatning fikriça, Bokuning xatti-harakatlari Armaniston va Minsk guruhiga a'zo davlatlarning muzokara jarayonini bir tekis olib borişiga tösqinlik qilmoqda.

Eslatib ötamiz, 19 iyul kuni Ozarbayjon Armanistonni tinçlik rejimini buzganlikda ayblagandi.