Fransiya poytaxti Parijda 20 iyul kuni “Parij plyajlari” festivali oçildi. Sena daryosi va La-Villet sun'iy köli sohillari beş tonna qum bilan qoplandi. Parij markazi bir oyga palma va şezlonglarga ega “plyajlar makoni”ga aylanadi.

Uşbu festivalga 2002 yilda asos solingan. U xalqaro darajada juda ommalaşib, bunday festivallar Berlin va Madridda ötkazila boşlandi. Uşbu festivalning ötkazilişiga 2 mln yevro sarflanmoqda.

19 iyul kuni Parij meri Ann Idalgo özining tvitterdagi sahifasida festivalning oçilişiga körilayotgan oxirgi tayyorgarliklar haqida ma'lumot berdi. Plyajlar 23 avgustgaça işlaydi.

Festival dasturidan önlab tadbirlar, jumladan, konsertlar, tanlovlar va raqs keçalari örin olgan. Plyajlarda voleybol va basketbol bilan şuğullaniş mumkin.