Samsung Electronics kompaniyasi yangi Galaxy Tab S2 planşetlar seriyasini namoyiş qildi. Seriya ikki model – 9,7 va 8 dyuymli Galaxy Tab S2 9.7 va Galaxy Tab S2 8.0 plaşetlaridan iborat. Planşetlar ötgan yilgi Samsung Galaxy Tab S seriyasining davomi bölib, Galaxy Note 4 va Galaxy Alpha`dagi kabi metall ramkaga ega “premial” dizaynda işlab çiqilgan. Planşetlar, şuningdek, Samsunğning eng ingiçka planşetlari böldi – ularning qalinligi 5,6 mm.ni taşkil qiladi.

Planşetlar Super AMOLED texnologiyasi böyiça işlab çiqilgan va QXGA körsatiş qobiliyatiga (2048x1536 nuqta) ega displeylar bilan jihozlangan.

Qayd etiş joizki, işlab çiqaruvçi bu planşetlarda özining an'anaviy 16:10 tomonlar nisbati örniga 4:3 nisbatdan foydalangan. Natijada planşetlarning tomonlari nisbati iPad Air va iPad mini’dagi köriniş olgan.

Galaxy Tab S2 özidan avvalgi modellar kabi Home tugmasiga joylaştirilgan barmoqlar izini öquvçi skaner bilan jihozlangan. Planşet Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi ostida işlaydi. Planşetlar 8 yadroli Exynos 5433 protsessori bilan ta'minlangan.

Planşetlar içki örnatilgan 32 yoki 64 Gb li fleş-xotira bilan taklif qilinmoqda, ikkala holda ham xotirani 128 Gb li microSD formatidagi xotira kartalari bilan oşiriş mumkin. Qurilmalar, şuningdek, 3 Gb tezkor xotira, 8 Mp.li asosiy kamera va 2,1 Mp.li old kamera, LTE moduli (şuningdek, faqatgina Wi-Fi ni qöllab-quvvatlovçi modellar ham mavjud) bilan jihozlangan. Qurilmalarning bazaviy kommunikatsiya imkoniyatlariga Wi-Fi (802.11 a/b/g/n/ac), GPS va GLONASS hamda Bluetooth 4.1 aloqa modullari kirgan. Galaxy Tab S2 9.7 modeli 5870 mA-soat hajmga ega akkumulyator bilan, Galaxy Tab S2 8.0 esa 4000 mA-soat hajmga ega akkumulyator bilan jihozlangan.

Samsung Galaxy Tab S2 ning ikkala versiyasi ham avgustda sotuvga çiqariladi, qurilmalarning rasmiy tavsiya etilgan çakana narxlari hozirça ma'lum qilinmagan. Planşetlarning taxminiy narxlari quyidagiça köriniş olgan:

Galaxy Tab S2 8.0 Wi-Fi: 399 yevro
Galaxy Tab S2 8.0 LTE: 469 yevro
Galaxy Tab S2 9.7 Wi-Fi: 499 yevro
Galaxy Tab S2 9.7 LTE: 569 yevro