Gretsiya Xalqaro valyuta jamğarmasi oldidagi öz muddatida tölay olmagan 2 mlrd yevrolik qarzini uzdi. Afina XVJ krediti böyiça 1 va 13 iyuldagi oxirgi ikkita tölovni öz vaqtida amalga oşira olmagan edi.
20 iyul kuni Afina Yevroguruhdan qarzdorning joriy qarzlarini tölaş uçun sarflanadigan qisqa muddatli kredit – 7 mlrd dollarlik bridj-kredit olgan edi. Uşbu pullar Gretsiyaning XVJ va Yevropa Markaziy banki oldidagi qarzlarini uziş uçun sarflandi.
16 iyul kuni Gretsiya islohotlar haqidagi qonunni qabul qildi. Bu qonunga köra mamlakatda XVJ, YeMB va Yevrokomissiya talab qilgan qattiq tejamkorlik tartibi örnatiladi. Bu çora-tadbirlarning amalga oşirilişiga 61,31 foiz greklar qarşi çiqqan edi.
Yaqin uç yil içida Afina Yevropa Kengaşidan 86 mlrd yevro kredit olişi kutilmoqda. XVJda bu dastur davlatni inqirozdan saqlab qolmasligi ta'kidlanmoqda. Jamğarma ekspertlari kreditlar böyiça qarzlarni tölaş muddatini 30 yilga çözişni va qarzlarning katta qismini keçib yuborişni taklif qilmoqdalar.






