22 iyul kuni (-87) toifasida dunyoning birinçi raqamli taekvondoçisi bölib turgan Jasur Boyqöziyev Janubiy Koreyada boşlangan Korea Open turnirida ğoliblik şohsupasiga kötarildi.
Bu orqali u Rio-2016 olimpiadasi uçun muhim hisoblangan 20 reyting oçkosiga ham ega bölgan. Hozirda Boyqöziyevning umumiy oçkolari 340taga yetdi.
Taekvondoning olimpiya öyinlari oilasiga mansub WTF yönalişidagi eng nufuzli musobaqa hisoblangan uşbu turnirda Özbekiston terma jamoasining töliq tarkibdagi a'zolari iştirok etişmoqda.
Boyqöziyev ilk bahsda koreyalik sportçini 2:1 hisobida mağlub etdi. Ikkinçi uçraşuvda yana bir mezbon taekvondoçi 17:5 hisobida taslim etildi. Jarohati sabab koreyalik uçinçi sportçi çorak finalga çiqmadi. Yarim finalda özbekistonlik sportçi Jao Yongni 2:1 hisobida yutdi. Oltin medal uçun keçgan bahsda esa u eronlik Omid Amididan 9:5 hisobida ustun keldi.
23 iyul kuni jahon çempioni Dmitriy Şokin +87 kg vazn toifasida dayanga çiqadi. Şuningdek, aka-uka Nikita va Maksim Rafaloviç, Sultonbek Çorşaboyev, Abror Nuriddinov, Vladislav Xan, Umida Abdullayeva, Gözal Norboboyeva kabi yetakçi sportçilarimiz ham öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişadi.






