Microsoft kompaniyasi ötgan çorakning moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Unga köra, kompaniya 3.2 mlrd dollar yöqotgan. Bu haqda The New York Times naşri yozmoqda.

Moliyaviy yöqotişlarning asosiy sababi restrukturizatsiya uçun ketgan 7.5 mlrd dollar böldi. Bu jarayon Nokia kompaniyasining mobil bölinmasi sotib olinişi bilan boğliq böldi. 2014 yilning şu davrida kompaniya 4.61 mlrd dollar işlab topgan edi.

Hisobot çop etilganidan söng kompaniya aksiyalari 3.5 foizga tuşib, 45.65 dollarni taşkil qildi.
Öz navbatida, bulutli texnologiyalar bilan şuğullanuvçi bölinma daromadlari 96 foizga ösdi. Bundan taşqari, Surface planşetlari va Xbox konsollari bilan şuğullanuvçi bölinmalarda ösiş kuzatildi.