Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Peter Burian boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrif doirasida Oliy Majlisning Qonunçilik Palatasi va Senatida, vazirlik va idoralarda, inson huquqlari milliy markazida bir qator uçraşuvlar ötkazildi.
Qonunçilik Palatasi spikeri N. Ismoilov bilan uçraşuvda mamlakat YeI bilan har tomonlama aloqalarni muntazam va uzluksiz ravişda rivojlantirib borayotgani, iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy sohalardagi hamkorlikning istiqbollari balandligi alohida ta'kidlab ötildi.
Parlamentlararo hamkorlik ikki tomonlama aloqalarning eng istiqbolli yönalişlaridan biri hisoblanmoqda. Bu yönalişni yanada rivojlantiriş maqsadida “Özbekiston-YeI” parlament hamkorligi qömitasi taşkil etildi.
Şuningdek, YeI Özbekiston bilan siyosiy dialogni mustahkamlaş masalasiga jiddiy e'tibor berayotgani ta'kidlandi. Xususan, Afğonistonda tinçlik va barqarorlik örnatiş, u yerda qayta tiklaş işlarini olib borişda Özbekistonning örni beqiyosdir.
Inson huquqlari böyiça milliy markazda ötkazilgan uçraşuv çoğida mamlakatda inson huquqlarini himoya qilişga ustuvor va eng istiqbolli yönaliş sifatida qaralayotgani alohida qayd qilib ötildi. Bu sohani rivojlantiriş uçun bir qator xalqaro taşkilotlar, şu jumladan, YeI bilan ham keng miqyosli hamkorlik yölga qöyilmoqda.
Piter Burian “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida Özbekistonda amalga oşirilayotgan loyihalarga YeI tomonidan 168 mln yevro mablağ ajratilişini ma'lum qildi. Bu pullar qişloq xöjaligi va sanoatni modernizatsiya qiliş, şuningdek, boşqa istiqbolli sohalarga yönaltiriladi.
Piter Burian: YeI Özbekistonga 168 mln yevro ajratadi
15:43 / 22.07.20152 3452 min






