Pokistonning Xaybar-Pahtunxva viloyati hukumat dasturiga 2015 yili politsiyaga kömak berişga qaratilgan uçta yirik loyiha kiritildi. 2015-2016 moliyaviy yili 1 iyuldan boşlandi.
Viloyat hukumati politsiya byudjyetini oşirib, şu bilan xavfsizlik çoralarini kuçaytirmoqçi. Bu haqda viloyat boş vazir Parvez Xattok ma'lumot berdi.
Politsiyaning loyihalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi boş direktori Karim Xon birinçi marta politsiyaning terrorçilikka qarşi kuraşi uçun yuz millionlab rupiya ajratilganini ma'lum qildi.
Bombalarni zararsizlantiriş otryadiga 275 mln rupiya (2.7 mln dollar), Peşovarga kirişda bomba aniqlovçi ikki uskunani örnatişga 263 mln rupiya (2.6 mln dollar), Peşovardagi Baça Xon nomli xalqaro aeroporti himoyasi uçun 8ta qorovul minorasining qurilişiga esa 160 mln rupiya (1.6 mln dollar) ajratildi.
Pokiston politsiyaga yuz millionlab mablağ yönaltirmoqda
15:50 / 22.07.20153 2151 min






