"Arsenal" jamoasining polşalik darvozaboni Voyçex Şçensni faoliyatini Rimda davom ettiradigan böldi.

"Roma" jamoasi uni "Arsenal"dan keyinçalik 5 mln yevroga sotib oliş huquqi bilan 500 ming yevro evaziga ijaraga olgan. Yaqin vaqt içida uşbu 25 yoşli darvozabonning transferi haqida rasman e'lon qilinişi kutilmoqda.

Ma'lumot uçun, polşalik uşbu darvozabon londonliklar safida 5 yildan buyon harakat qilib keladi. 4 mavsum davomida asosiy darvozabon bölgan Voyçex joriy yilning qişida öz örnini David Ospinaga berib qöygandi. Qolaversa, yangi mavsum uçun "Arsenal" Piter Çexni xarid qildi.

Öz navbatida "Roma" jamoasining asosiy darvozaboni Morgan de Sanktis yana bir mavsumdan keyin faoliyatini yakunlaşini ma'lum qilgan.