Buyuk Britaniyaning Linkolnşir grafligida suvsizlikdan aziyat çekayotgan holda kulrang tyulenning oç-nahor qolgan, 5 kunlik bolasi topib olindi.
Uni yaqin orada ötlab yurgan sigirlar va şu joyga yaqin joyda kuzatuv olib borayotgan ornitolog topib oldi.
Tyulen bolasi suv kötarilişi paytida onasidan ajralib yöqolib qolgan bölişi taxmin qilinmoqda. U dala çetida loyda yotganda uni sigirlar tödasi payqab qoldi. Sigirlar tyulen bolasini örab olib, unga tumşuqlari bilan surkala boşlaganlar.
Sigirlarning bunday ğalati xatti-harakatlari Uoş böğozi sohilidagi qöriqhona hududida kuzatuv olib borayotgan ornitolog Yan Ellisning e'tiborini öziga tortdi. U uzoqdan turib, durbindan tyulençani körişga muvaffaq böldi. Ellis yon atrofda katta tyulenlar yöqligini körib, bu haqda qöriqxona xodimlarini xabardor etdi.
Topib olingan tyulen qöriqxonaning 50 yilligi munosabati bilan Celebrity (Bayram) deb ataldi. Hozir tabiiy boğ xodimlari tyulençani yoğli seld bilan boqişmoqda. Boşida tyulença zaif bölgan, biroq suv va ozuqa uni bir pastda öziga keltirdi.
“Biz tyulença suv kötarilişi paytida onasini yöqotib, adaşib qolgan hamda suv qaytganda sayozlikda qolib ketgan, deb taxmin qilyapmiz. Sigirlar juda qiziquvçan hayvon böladi, ular tyulençani oldiga töplanib olişgan. Selebritining asosiy muammosi şundaki, u beş kun qarovsiz qolib ketgan va natijada vazn yöqotgan hamda suvsizlangan”, deydi Natureland qöriqxonasi direktori Riçard Idon.
Bir neça kundan keyin tyulença juda bölmaganda 30 kg vazn yiğib, ozuqa topişni örganib olsa, yana böğozga qöyib yuboriladi.






