Qoraqalpoğiston hududida joylaşgan Ayozqal'a arxeologik yodgorligi yaqinida öziga xos ötovli qarorgoh yaratildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.

Aytilişiça, uşbu qarorgohda sayyohlarga xizmat körsatiş nuqtalari joylaşgan. Ötovlarda taşkil qilingan dökonlarda turli esdalik buyumlari sotib oliş, mahalliy ovqatlardan totib köriş, şuningdek, mehmonxona örnida işlatib, yotib qoliş mumkin.

Ayozqal'a qadimgi Xorazm madaniyatining eng diqqatga sazovor arxeolog yodgorliklaridan biri bölib, ming yildan ortiq tarixga ega. Şahar miloddan avvalgi IV-III asrlarda qad kötarib, milodiy VII-VIII asrlarga qadar mavjud bölgan.
Qoraqalpoğiston hududida, şuningdek, qadimgi Xorazmning boşqa yirik yodgorliklari joylaşgan. Tuproqqal'a va Qöyqirilganqal'a şular jumlasidandir.