Pentagon Ukrainaga uzoq ta'sir kuçiga ega yangi radarlar yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Ular mamlakat qurolli kuçlariga ayirmaçilar artilleriyasiga qarşi kuraşda yordam berişi kerak. Bu haqda The Wall Street Journal naşri yozmoqda.

Bu loyiha Oq Uy tomonidan ma'qullangan.

AQŞ prezidenti Barak Obama ma'muriyati Ukrainaga artilleriya va havo mudofaasi tizimlarini yetkazib beriş işini sekinlaştirayotgani aytilmoqda. Obamaning fikriça, bunday qurollar ixtilofning boşqatdan öt olişiga sabab bölişi mumkin.