BBC dunyodagi eng maşhur 62 nafar tanqidçilarni yiğib, tarixdagi 100 ta eng yaxşi Amerika filmi nomini aniqlaş uçun sörovnoma ötkazdi. Birinçi örinni Orson Uellsning 1941 yilda suratga olingan “Fuqaro Keyn” filmi egalladi. Töliq röyxat teleradiokompaniyaning saytida e'lon qilingan.
Ikkinçi örinni Frensis Ford Kopollaning “Çöqintirgan ota”, uçinçi örinni “Esankiraş” filmi oldi. Şuningdek, birinçi 5talikka Stenli Kubrikning “2001: Fazoviy odisseya” va Jon Fordning “Izlovçilar” kartinalari kirdi.
Reytingga bir yöla 5ta kartinasi kirgan rejissyorlar safida Xiçkok hamda Kubrikdan taşqari Stiven Spilberg va Fridrix Vilgelm Murnau ham örin egalladi.






