Sel kelişi oqibatida Olma-Otaning 3ta tumanida uylar suv ostida qoldi. Bu haqda şahar hokimining örinbosari Yuriy Ilin ma'lum qildi.

“Sel oqimining kelişi natijasida 3ta tuman hududidagi uylar suv ostida qoldi. Eng köp zarar Navrözboy tumaniga yetdi. Auezovskiy hamda Alatauskiy tumanlariga qisman zarar yetdi. Alatauskiy  tumanidagi Algabas qişloğida 97 ta uy suv ostida qoldi. Ular yaşaş uçun xavf tuğdirmaydi. Vaziyatni nazorat ostiga olganmiz.

Zarar körgan oilalar eng kam iş haqining 100 barobari miqdoridagi yordam puli oladi”, – dedi Ilin payşanba kungi brifing vaqtida.

Şuningdek, Ilin uşbu hududlarda tibbiy yordamning çaqirilişi sel oqibatida olingan jarohatlar sababli emasligini ta'kidladi.