Avstraliyaning iqtisodiyot va dunyo instituti tomonidan tuzilgan tinçlik darajasi böyiça tuzilgan Global Peace Index reytingida Suriya oxirgi – 162-örinni egalladi.
Bunga mamlakatdgi fuqarolik uruşi va mamlakatning katta hududini egallab olgan “IŞID” terrorçilik guruhining harakatlari sabab bölgan.

Reytingga köra, Suriyadan taşqari Şimoliy Koreya, Pokiston, Kongo demokratik respublikasi, Sudan, Somali, JAR, Janubiy Sudan, Afğoniston va Iroq ham dunyodagi eng notinç davlatlar deb topildi.
Ekspertlarning fikriça, dunyodagi eng tinçliksevar davlat deb Islandiya topildi. The Independent naşrining ta'kidlaşiça, bu davlat NATOga kiruvçi, özining doimiy armiyasiga ega bölmagan yagona davlatdir. Şuningdek, tinçlik darajasi eng yuqori bölgan davlatlar öntaligidan Daniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Şveytsariya, Finlyandiya, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va Çexiya ham örin olgan.
Reytingni tuzişda 23 ta körsatkiç hisobga olindi. Ular orasida qurolli töqnaşuvlarda iştirok etiş, kuçişlatar tuzilmalarning miqdori, jinoyatçilik va terrorçilik xavfi darajasi kabi körsatkiçlar bor.