Özbekistonning birinçi raqamli tennisçisi Denis Istomin Şvetsiyaning Baştad şahrida davom etayotgan turnirdagi iştirokini yakunladi. 24 iyul kuni ötkazilgan yakkalik bahsining çorak final uçraşuvida fransiyalik Benua Perga qarşi kortga çiqqan Istomin raqibiga 4:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi.

Turnirning mukofot jamğarmasi 439.405 yevroni taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, Istomin dunyo reytingida 73, Per esa 62-örinni egallab turibdi. Istomin ilk davrada argentinalik Diyego Şvartsmanni 6:3, 6:4, ikkinçi davrada esa ispaniyalik Nikolas Almagroni 6:3, 6:3 hisobida mağlub etgandi.