AQŞning WWE restling (atletik malakalar, jangari san'at va teatr mahoratiga asoslangan sahnalaştirilgan şou körinişidagi kuraş) kompaniyasi aktyor va sportçi Xalk Xogan bilan şartnomani bekor qildi, deb xabar bermoqda Business Insider naşri.

WWE bergan rasmiy bayonotga köra, Terri Bollea (Xoganning asl ismi) bilan şartnoma bekor qilingan. WWE ning onlayn-dökonidan uning ismi va qiyofasi tuşirilgan mahsulotlar olib taşlanadi.

Aktyorning rasmiy vakillari hozirça bu yangilikka heç qanday izoh berişmagan.

2005 yilda Xalk Xoganning ismi WWE Şuhrat zaliga kiritilgan. Xogan restling böyiça oğir vazn toifasida 12 karra jahon çempioni hisoblanadi.