Internet foydalanuvçilari orasida selfi degan narsa yanada köp tarafdorlarga ega bölib bormoqda. Özini özi suratga tuşiriş şu darajada modaga aylandiki, odamlar hatto masjid va çerkovlarda ham bu işni amalga oşirmoqda, deb xabar qiladi RT.

Ma'lum bölişiça, juda köp musulmonlar masjidlarda ham selfi-özini özi suratga tuşiriş kasaliga uçragan ekan. Arab News va BuzzFeed, Huffington Post va BBC News kabi yangiliklar portallari va deyarli OAVlarining barçasi Haj ibodati vaqtida ba'zi hojilar selfi qilayotganini, boşqa hojilar esa bundan ğazablanayotgani haqidagi xabarlarni berib bordilar. Islom maqtaniş va özini özi maqtaş mumkin emasligini aytadi. Selfi öziga-özi mahliyo bölib, özini boşqalarga köz-köz qiliş kasali bölmasdan yana nima bölsin?

Muqaddas joylarda avtoportret qiliş bilan şuğullanuvçilar faqat musulmonlar emas. Buyuk Britaniyada yangi uylanganlar çerkovdagi nikoh ahdi marosimidan söng tuşgan rasmlari bilan “2014 yilning eng zör selfisi” tanlovining ğoliblari bölişdi. Bibliyada: «Şuni bilginki, oxirgi kunlarda oğir vaqtlar keladi. U paytda odamlar nafs bandasi, pulparast, maqtançoq, kibrli, kofir, ota-onaga itoatsiz, nonkör, xudobexabar, şafqatsiz, murosasiz, ğiybatçi, nafsini tiya olmaydigan, insoniylik va yaxşilik duşmani, xoin, bemulohaza, mağrur böladilar. Xudodan köra ayş-işratni köproq sevadilar. Özlarini xudojöy körsatib, ilohiy qudratni esa inkor etadilar. Bunday odamlardan uzoqlaş», deb yozilgan (Timofeyga ikkinçi maktub, 3:1-5).

Buddaviylar esa, selfiga öz an'analariga köra, xotirjamlik bilan yondaşadilar. Amerikadagi Myosendzi ibodatxonalarida özini özi suratga tuşiriş mumkin, biroq suratni naşr qilayotganda surat xeştegida ibodatxona nomini körsatiş şart ekan. Bunday amaliyot buddaviylarning anatman – özligini, şaxsni inkor qiliş ta'limotiga ziddir. Mazkur ta'limot buddaviylikning ajralmas qismi emasmi, axir! Selfi qay tarzda bu konsepsiyaga mos kelişi mumkin ekan-a?
Şunday qilib, musulmonlar avtoportret işqibozligida yakka emas ekan. Barça diniy konfessiya vakillari orasida öziga-özi mahliyo bölib, özini boşqalarga köz-köz qiliş kasalligi tarqalgan ekan. Holbuki, bu narsani heç bir din qöllab-quvvatlamaydi. Muqaddas joylarda va ibodat çoğlarida olingan selfi suratlarning köpligi dunyo öz ma'naviyatini yöqotib borayotganidan darak bölsa kerak.
Internet ma'lumotlari asosida






