Fransiyaning Nowhereelse.fr blogi Apple’ning yangi smartfoni – iPhone 6S suratini çop etdi.

Taxminlarga köra suratlar iPhone işlab çiqaruvçi zavodlardan birida olingan. Suratda qurilmaning old korpusi köringan. Business Insider’ning ma'lum qilişiça, iPhone 6S taşqi körinişiga köra iPhone Plus modelidan deyarli farq qilmaydi. Yangi smartfonda asosan texnik körsatkiçlar yaxşilangan.  

Taxmin qilinişiça, iPhone 6S nisbatan kuçliroq kamera hamda bir neçta yangi qöşimça funksiyalarga ega böladi.