00:28 / 26.07.2015
4170

Mehnat vaziri Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

22 iyul kuni O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fumixiko Kato bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
Aytilishicha, uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning kelajakdagi istiqbollari, shuningdek, o‘zbekistonlik stajyorlarning Yaponiyada tayyorgarlik o‘tashi bo‘yicha dastur ijrosining texnik jihatlari muhokama qilindi. Xususan, Yaponiya elchisi stajyorlar malakasini oshirishga mo‘ljallangan multimedia materiallarini taqdim etdi. Ularda Yaponiyaning kundalik hayoti, yo‘l harakati qoidalari, diqqatga sazovor joylari, o‘ziga xos jihatlari haqida hikoya qilingan.
Yaponiya vakili qo‘shimcha targ‘ibort-tashviqot ishlarining o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Yaponiya korxonalarida sifatli ish o‘rinlarini egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi haqida aytib o‘tdi.
Shu maqsadda qo‘shma ishlar natijasida sayt tashkil etib, unda O‘zbekistonning ta'lim tizimi, o‘qitish darajasi haqida ma'lumot saqlanadi. Bu o‘zbekistonlik ishchilar haqida Yaponiya korxonalari to‘laqonli ma'lumotga ega bo‘lishi hamda ular bilan hamkorlikka qiziqish bildirishiga xizmat qiladi.

Top