Mamlakatimizning birinçi raqamli tennisçisi Nigina Abduraimova Ozarbayjon poytaxti Boku şahrida start olgan Baku Cup tennis turnirining saralaş bahslarida iştirok etyapti. Turnirning mukofot jamğarmasi 250 ming AQŞ dollarini taşkil qiladi.
Saralaş musobaqasining 6-raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz ilk davrada rossiyalik Kseniya Likinaga qarşi kortga çiqdi. Bir soatu 16 daqiqa davom etgan uçraşuvda vakilamiz 6:3, 6:4 hisobida ğalaba qozondi. Endi Nigina asosiy tör musobaqasiga çiqişi uçun italiyalik Nastasya Barnettni mağlub etişi talab etiladi.

Manba: olamsport.com