Vengriyadagi poygadan keyin “Formula-1”da beş nafar pilotga jarima solindi. “Lotus” poygaçisi Romen Grojan jamoasi pit-stopni xavfsizlikka amal qilmay olgani sababli 2 oçkodan mahrum böldi. Öşa holatda Grojanning Felipe Massa bilan töqnaşib ketişiga oz qoldi.

Uning jamoadoşi Pastor Maldonado Serxio Peres bilan töqnaşuv tufayli 2 ball bilan xayrlaşdi. “Toro Rosso” poygaçisi Maks Ferstappen xavfsizlikka rioya qilmay, maşina ortidan tezlikni oşirgani uçun 3 ball bilan jazolandi.

Faoliyatida ilk marta jarima oçkolariga Lyuis Xemilton (“Mersedes”) va Daniil Kvyat (“Red Bull”) duç keldi. Amaldagi çempion Daniel Rikkardo bilan töqnaşgani uçun aybdor deb topildi. Rossiyalik poygaçi esa Xemiltonni trassa taşqarisidan quvib ötgani uçun 2 balldan mahrum etildi.

Ma'lumot uçun, bir mavsumda poygaçi 12 jarima oçkosi yiqqan taqdirda poygalardan çetlaştiriladi.