Liviyaning sobiq diktatori Muammar Kaddafining öğli Sayf al-Islomga otib öldiriş jazosi tayinlandi. Bu haqda "Al-Jazira" xabar berdi.

Liviya jinoyat sudi marhum diktator Kaddafi tuzumi davridagi 8 nafar yuqori mansabli amaldorlarni 2011 yilda yuz bergan xalq qözğoloni vaqtida harbiy jinoyatlar amalga oşirganlikda aybladi. Sud Muammar Kaddafining öğlidan taşqari mamlakatning sobiq boş vaziri Al-Bağdodiy al-Mahmudiy hamda razvedka boşliği Abdulla as-Sunusiyni ölimga hukm qilgan.

Ma'lum qilinişiça, Sayf al-Islom jinoiy harakatlarda iştirok etmagan, lekin Skype orqali körsatmalar berib turgan.

Ayni vaqtda Liviyaning Zintan şahrida joriy hukumatdan norozi kuçlar örnaşib olgan va ular marhum diktatorning öğlini ozod etişni niyat qilişgan.

Ma'lumot uçun, Sayf al-Islom 2011 yilning noyabrida Liviya hududida qölga olingan. Öşanda Gaaga tribunali ham uni inson huquqlariga qarşi jinoyatlari uçun sud qiliş maqsadida öziga topşirilişini söragan, lekin liviyaliklar uni berişdan boş tortişgandi.

Liviyada u va boşqa sobiq amaldorlar ustidan sud jarayoni 2013 yilning oktabridan buyon davom etib kelayotgandi.