Yiliga Özbekistonga dunyoning 70dan ortiq mamlakatidan 2 mln sayyoh taşrif buyuradi. Bu haqda “Özbekturizm” milliy kompaniyasi tarqatgan matbuot xabarnomasida aytildi.

Ma'lum bölişiça, turistik xizmatlar eksporti hajmi 615 mln dollarni taşkil qiladi. YaIMda turizmning uluşi 2 foizdan ortadi.

Özbekistonda turli davrlarga oid 7 mingdan ortiq me'moriy va tarixiy yodgorliklar, 110ta xalqaro turistik yönaliş mavjud.

Sayyohlarga 550 kompaniya xizmat körsatmoqda. Şuningdek, mamlakatda jami 50 ming öringa ega 500dan ortiq mehmonxonalar, motel va kempinglar mavjud. Özbekistondagi 11ta xalqaro aeroport mamlakatni jahonning 50ta şahri bilan boğlab turibdi.

Turizm sohasining bölajak mutaxassislari 5ta oliy öquv yurtida va 12ta kasb-hunar kollejida tayyorlanmoqda. Turizm sohasida 200 ming kişi faoliyat yuritmoqda.