Yangi Windows 10 operatsion dasturi butun dunyo böyiça 29 iyul kuni sotuvga çiqariladi. Bu haqda Microsoft kompaniyasi matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Windows 7 va Windows 8.1 dasturlari foydalanuvçilari bir yil davomida yangi versiyani bepul olişi mumkin böladi. Ammo korporativ versiyalar – Korporativ Windows 7, Korporativ Windows 8/8.1 va Windows RT/RT 8.1 foydalanuvçilarining dasturlari bepul yangilab berilmaydi.
Yangi dasturiy ta'minot uskunalarni ovozli buyruqlar yordamida boşqariş imkonini beradi. Bundan taşqari, işlab çiqaruvçilar brauzer muammosini hal qiliş uçun yangi Microsoft Edge dasturini işlab çiqişdi. Uning yordamida foydalanuvçilar veb-sahifalarda qölyozma eslatmalar kiritişi, döstlar bilan bölişişi va öqiş rejimida körib çiqişi mumkin böladi. Fayllar va dasturlarni topişni osonlaştiriş uçun Start menyusi qaytarildi.
Windows 10 29 iyul kuni sotuvga çiqariladi
16:29 / 29.07.20152 5241 min






