Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori hamda “Özbekiston Respublikasida 2015 yilda yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi”ga muvofiq Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşi tomonidan “Yilning eng faol yoş mutaxassisi” tanlovi ötkazilmoqda. Ayni kunlarda 4 bosqiçda taşkil etilgan mazkur tanlovning Respublika tarmoq bosqiçlari bölib ötmoqda.

Tanlovdan közlangan maqsad yoşlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bölib kamol topişga bölgan intilişlarini qöllab-quvvatlaş, yoş mutaxassislarning innovatsion ğoya, loyiha va texnologiyalarini hayotga tadbiq etiş orqali yoşlar bandligini ta'minlaş, ularning huquqiy madaniyati va faolligini oşiriş, şuningdek, iqtidorli yoşlarni munosib rağbatlantiriş, yigit-qizlarda Ona Vatanga muhabbat va mamlakatda röy berayotgan voqealarga dahldorlik hissini oşirişdir.

Kuni keça Çirçiq şahridagi “Maksam-Çirçiq” madaniyat saroyida mazkur tanlovning “Yilning eng faol yoş kimyogari” nominatsiyasi böyiça Respublika bosqiçi ötkazildi. Unda “Özkimyosanoat” DAK tizimidagi korxona va taşkilotlarda mehnat qilayotgan va tanlovning dastlabki bosqiçlarida ğoliblikni qölga kiritgan, ilğor innovatsion ğoyalarga ega bölgan 7 nafar yoş kimyogar bellaşdi.

Tanlovda yoş mutaxassislarning işlab çiqarişga joriy etilgan yangi loyihalari, ular natijasida işlab çiqariş hajmi va unumdorligining ortişi, innovatsion işlanmalarning Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirişga qöşayotgan hissasi asosiy mezonlardan biri böldi.

Eng muhimi tadbir orqali yoşlarning noyob kaşfiyotlari yuzaga çiqarildi. Masalan, “Farğonaazot” AJning Karbomid sexi injyener texnologi Pölatjon Xoldorov tanlovda “Sintez reaktorini modernizatsiya qiliş” loyihasi bilan iştirok etdi. Uşbu loyihaning ahamiyatli tomoni şundaki, modernizatsiya natijasida karbomid işlab çiqarişdagi reaksiya jarayoni 57 foizdan 60 foizga kötariladi. Natijada işlab çiqariş hajmi sutkasiga 1000 tonnadan 1096 tonnaga ortadi. Bir yilda esa mahsulot işlab çiqariş 31 ming 600 tonnaga oşadi. Mazkur loyihaning amalga tatbiq etilişi natijasida yiliga qariyb 17 milliard söm qöşimça foyda olinadi.

“Navoiyazot” AJning 25-sexi ustasi Behzod Şeraliyevning innovatsion işlanmasi esa xlor tabletkalarini olişda asosiy mahsulot hisoblangan “sianur” kislotasining sintez jarayonida elektroenergiyani işlatmagan holda tabiiy gazdan unumli foydalanişga yönaltirilgan. Bu orqali işlab çiqariş unumdorligi 3 barobarga ortişi bilan birga xlor tabletkalarining tannarxi      2 barobarga arzonlaşadi. Şuningdek, mazkur loyihaning amalga tatbiq etilişi natijasida jahon bozoriga raqobatbardoş mahsulot işlab çiqariladi.