Top Gear körsatuvining sobiq ijodkorlari Jyeremi Klarkson, Riçard Xammond va Jyeyms Mey Amazon Instant Video bilan şartnoma imzolaşdi va yaqin vaqt içida avtomobillar haqidagi yangi teleşou böyiça iş boşlaşadi. Bu haqda Klarkson öz tvitterida ma'lum qilgan.
Yangi şou keyingi yilning boşidan efirga çiqişi va uni muxlislar Amazon internet kanali orqali kuzatişi rejalaştirilgan.
"Men hozir özimni eski aravadan kosmik kemaga ötgandek his qilyapman", deydi Klarkson The Guardian naşriga bergan intervyusida öz taassurotlari haqida gapirib.
Eslatib ötamiz, Klarkson 2015 yilning martida "Bi-bi-si" kanalida prodyusor bilan muammoga duç kelib, işdan haydalgan edi. Şundan söng, uning yordamçilari Riçard Xammond va Djyeyms Mey ham loyihani tark etişgan.






